Taklif qilishni o‘ylayapmiz
Ba'zan ayrim mehmonlarni chaqirish bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan bo'ladi: uzoq qarindoshlarni aytish kerakmi yoki faqat yaqinlar davrasida nishonlashmi. Bunday vaziyatlar uchun «Taklif qilishni o‘ylayapmiz» belgisi mavjud. Bu ro‘yxatning o‘ziga xos qoralamasi bo‘lib, u jami nechta mehmon yig‘ilishini chamalab ko‘rish va hammasini xotirjam o‘ylab olishga yordam beradi.
Bu qanday ishlaydi
Ushbu belgi butun guruhga taalluqli bo‘ladi: mehmonning o‘ziga va u bilan birga taklif qilinayotgan barchaga (masalan, uning oila a'zolari yoki hamrohiga). Qaror hamma uchun birdek qabul qilinadi, uni guruhdagi faqat bir kishi uchun alohida belgilab bo‘lmaydi.
Bunday belgiga ega mehmonlar ro‘yxatda qoladi, lekin alohida tarzda ajratib ko‘rsatiladi. Shu sababli ularni siz aniq chaqirmoqchi bo‘lgan mehmonlardan osongina ajrata olasiz. Shu bilan birga ular:
- mehmonlar sonini hisoblashda ishtirok etmaydi;
- taklifnoma olmaydi: ularga havola yuborib bo‘lmaydi;
- joylashtirish ro‘yxatiga kirmaydi: banketda ularni stolga o‘tqazish imkonsiz bo‘ladi.
Qaror qabul qilingach
Belgini o‘chirib qo‘ysangiz, mehmon va u bilan birga taklif qilinganlarning barchasi oddiy mehmonlar qatoriga qo‘shiladi: ular umumiy hisobda ko‘rinadi, ularga taklifnoma yuborish va stoldan joy ajratish mumkin bo‘ladi.
Istalgan mehmon uchun yoqish mumkin
Bu belgini ro‘yxatga avvalroq qo‘shib bo‘lingan mehmonga ham qo‘yish mumkin, shunda u umumiy hisobdan olib tashlanadi. Agar mehmon taklifnomaga javob berishga ulgurgan bo‘lsa, uning javoblari saqlanib qoladi va ro‘yxatga qaytarilganida yana hisobga olinadi.